10 oktyabr kuni Parij qarorgohida dunyoga mashhur fransuz aktyori Jerar Deparde va «Buyuk ipak yo‘li» nomi ostidagi loyiha ishtirokchilarining O‘zbekiston haqida hujjatli film ishlash va uni Fransiya va O‘zbekiston telekanallarida namoyish etish bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekkino» matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi S. Rustamboyev, «O‘zbekkino» rahbari Firdavs Abduxoliqov va «B-Tween Production» kompaniyasi bosh direktori Arno File ishtirok etdi. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Turizmni rojlantirish Davlat qo‘mitasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi ham ushbu loyihaning hammmualliflari hisoblanadi.

Tomonlar film loyihasining amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Film mualliflarining fikriga ko‘ra bosh qahramon Jerar Deparde butunlay yangi qiyofa orqali tomoshabinlarga O‘zbekistonga mutlaqo yangi nuqtai nazar taqdim etadi. Shunday qilib odatiy yo‘nalish va mashqlardan uzoqlashgan holdan film fransuz tomoshabinlari uchun O‘zbekistonning yangi noma’lum yuzlarini ochish vazifasini qo‘yadi.

Shu maqsadda loyiha tashkilotchilari O‘zbekistonning eng g‘ayrioddiy va sirli joylarida suratga olish ishlarini rejalashtirishgan. Bu Amudaryo bo‘yidagi noyob — OKS Iskandariyasi, Budda va Kushon yodgorliklari, masalan, Fayoztepa, Avliyo Doniyor va uchta payg‘ambarlarning qabri va boshqalar. Filmda ta’limda islom dinining roli va mohiyatiga alohida e’tibor beriladi.

— Uchrashuvimizning Fransiya va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Parijdagi uchrashuvi yili munosabati bilan bo‘lib o‘tishi ramziy ma’noga ega, — dedi aktyor Jerar Deparde o‘z uyida mehmonlarni qabul qilar chog‘ida. — Bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan noyob islohotlar va ochiqlik siyosati barchaga ma’lum. Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning islom dini ezgulik, tinchlik, bunyodkorlik va bag‘rikenglik dini ekanligini dunyoga yetkazishda qaratgan sa’y-harakatlari meni ta’sirlantirdi. Bilasizmi, bu mening shaxsiy qarashlarimga mos keladi, chunki men islomni siyosiy va xudbin maqsadlarda ishlatib bo‘lmaydi, deb hisoblayman. Filmning katta auditoriyasi boy tarixga ega, betakror tabiat, samimiy va mehmondo‘st xalq bo‘lgan yangi jo‘shqin O‘zbekistonni ochish uchun berilgan imkoniyatlar meni ilhomlantirdi. Ushbu mamlakatga safarimni sabrsizlik bilan kutyapman.

Shuningdek, Jerar Depardega u yuqori baholagan «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasi taqdim etildi.

Bundan tashqari, loyiha tashkilotchilari va telekanal bosh direktori Katrin Shyofer rahbarligidagi «Paris Premiere» telekanalining top-menedjerlari bilan uchrashuv o‘tkazildi va ushbu kanal orqali 2020 yil fevral-mart oylarida film namoyish etilishi borasida kelishib olindi.

Uchrashuvda bosh direktor 2020 yilning fevral-mart oylarida Jerar Deparde ishtirokida O‘zbekiston haqidagi filmni namoyish etishga tayyor ekanligini yana bir bor ma’lum qildi va shuningdek «Paris Premiere"telekanali va O‘EOAVA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.