«Yuksalish» umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda bugungi kunda islohotlar markazida bo‘lib, O‘zbekistonda mas’uliyatli vazifalarni bajarayotgan yosh boshqaruv kadrlar Top-35talik ro‘yxatini tuzdi.

Xabarda qayd etilishicha, unda 40 yoshgacha bo‘lgan, boshqaruv lavozimida faoliyat yuritayotgan kadrlar o‘rin olgan. Ro‘yxatni shakllantirishda ularning tashabbuskorligi, yangi g‘oya va takliflarni ilgari surishi, o‘zgarishlarga ochiqligi inobatga olingan.

Top-35

  1. Abdulla Azizov (38 yosh) — Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
  2. Abdulaziz Oqqulov (37 yosh) — Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi rasi vazifasini vaqtincha bajaruvchi;
  3. Aziz Voitov (39 yosh) — «O‘zsanoatqurilishbank» ATB raisi;
  4. Akmal Burxonov (38 yosh) — «Yuksalish» umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati;
  5. Alisher Sa’dullayev (25 yosh) — O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi;
  6. Akram Mahammatqulov (40 yosh) — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi PR markazi rahbari;
  7. Bobur Islomov (35 yosh) — Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi;
  8. Baxtiyor Saidov (39 yosh) — O‘zbekistonning Xitoy, Mo‘g‘uliston va Filippindagi elchisi;
  9. G‘olib Xoljigitov (40 yosh) — Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish agentligi direktori — moliya vaziri o‘rinbosari;
  10. Gulnoza Ismoilova (39 yosh) — Markaziy saylov komissiyasi a’zosi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori;
  11. Gayane Umerova (34 yosh) — Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari;
  12. Dilshod Sultonov (39 yosh) — moliya vaziri o‘rinbosari;
  13. Javlon Vahobov (39 yosh) — O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi;
  14. Jo‘rabek Mirzamahmudov (40) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasini rivojlantirish agentligi bosh direktori;
  15. Jahongir Xidoyxo‘jayev (40 yosh) — vazir maslahatchisi — Tashqi ishlar vazirligi ijro apparati rahbari;
  16. Jamshid Xo‘jayev (40 yosh) — qishloq xo‘jaligi vaziri;
  17. Komil Allamjonov (35 yosh) — Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori;
  18. Qahramon Sariyev (40 yosh) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi;
  19. Laziz Qudratov (38 yosh) — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari;
  20. Muzaffar Jalolov (33 yosh) — Toshkentdagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi;
  21. Najmiddinxo‘ja Sharipov (36 yosh) — Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi;
  22. Odilbek Isoqov (38 yosh) — moliya vaziri o‘rinbosari. Xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul;
  23. Oybek Qosimov (39 yosh) — jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari;
  24. Olimjon Umarov (34 yosh) — axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirining birinchi o‘rinboari;
  25. Rahim Hakimov (36 yosh) — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori;
  26. Ruslanbek Davletov (39 yosh) — adliya vaziri;
  27. Saida Mirziyoyeva (34 yosh) — AOKA direktori o‘rinbosari;
  28. Sardor Rustamboyev (40 yosh) — O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi;
  29. Timur Ishmetov (40 yosh) — moliya vazirining birinchi o‘rinbosari;
  30. Ulug‘bek Lapasov (37 yosh) — Jenevadagi BMTning boshqa xalqaro tashkilotlardagi bo‘linmasi doimiy vakili;
  31. Umid Shodiyev (37 yosh) — YUNESKO huzuridagi doimiy vakil;
  32. Shavkat Umrzoqov (40 yosh) — UzAvto boshqaruvi raisi;
  33. Sharof Rajabboyev (39 yosh) — innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi;
  34. Sherzod Asadov (38 yosh) — O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi;
  35. Sherzod Kudbiyev (38 yosh) — Prezidentning davlat xizmati va hokimiyatning vakillik organlari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi.