Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatining Osiyodagi saralash bosqichida ikkinchi raundi ikkinchi o‘yinida Yaman jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. 10 oktyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 5:0 hisobida yakuniga yetdi.

Hisob 2-daqiqadayoq ochildi. Yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov Yaman darvozasiga ilk golni kiritdi. Shuningdek, hujumchi Eldor Shomurodov (33'), yarim himoyachi Jamshid Iskandarov (53'), himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev (72') va hujumchi Igor Sergeyev (90') qolgan gollarga mualliflik qildi.

Bu yangi bosh murabbiy Vadim Abramov rahbarligi ostidagi birinchi uchrashuv. Avvalgi bosh murabbiy Ektor Kuper jamoa saralash bosqichi birinchi uchrashuvida Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berganidan so‘ng iste’foga chiqdi.

G‘alabadan so‘ng O‘zbekiston D guruhida 3 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Tarkiblar


Video

YouTube

Foto

Foto: O‘FA.