10 oktyabr kuni Toshkent-Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan Uzbekistan Airways Milliy aviakompaniyasining HY661 reysi Tyumendagi zaxira aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda tashuvchi matbuot xizmati xabar qildi.

Yekaterinburgdagi aeroport texnik sabablarga ko‘ra yopildi. Samolyot bortida 103 kishi bor edi. Aeroport ochilganidan so‘ng bort belgilangan manzilga uchib ketdi.

RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni Kolsova aeroportiga An-12 harbiy-transport samolyoti favqulodda qo‘ndirildi. Qo‘nish vaqtida havo kemasida yong‘in chiqdi, lekin olov bartaraf etildi. Favqulodda hodisaga shassilarning chiqmay qolishi sabab bo‘lgan. Aeroport faoliyati to‘xtatilgan.