O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10 oktyabr kuni Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Sammit 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish hamda bir qator hujjatlar, jumladan 2020 yilda MDH raisligining O‘zbekistonga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qarorni imzolash rejalashtirilgan.

Sammit doirasida prezident bir qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.