8 oktyabr kuni soat 14−00da viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 6 nafar fuqaro «Ovqatdan zaxarlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi» tashxisi bilan yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Samarqand DSENMga tayanib xabar qildi.

Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar 6 oktyabr kuni shahardagi «Siyob dehqon bozori» hududida joylashgan ovqatlanish do‘konchasidan «Xot-dog» mahsulotlarini xarid qilib, ist’emol qilganliklari natijasida sog‘lig‘i yomonlashib shifoxonaga murojaat qilishgan.

Hozirda bemorlar ahvoli qoniqarli bo‘lib davolash muolajalari davom etmoqda.

Mazkur zaharlanish holati yuzasidan «Xot-dog» tayyorlash do‘konchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.