O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov tepartamenti firibgarlikda gumon qilinayotgan yana uch Kamerun fuqarosi fotosuratlarini e’lon qildi. Avvalroq departament to‘rt nafar kamerunlikka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edi.

Fotosuratlarda keltirib o‘tilgan shaxslarning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar yaqin bo‘lgan ichki ishlar bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga, shuningdek Tergov departamentining (71) 231−30−97, (71) 231−36−22 va (71) 233−65−34 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.