O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslari va «S.R.» fermer xo‘jaligi rahbari O.K. qo‘lga olindi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, korxona rahbarlari fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi bilan jamiyatga kirim bo‘lgan 2.490 kg paxta xom ashyosini qayta jamiyatga topshirish uchun oldindan til biriktirgan. Ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.