O‘zbekistonlik aralash janglar kurashchisi 27 yoshli Bekzod Nurmatov Grozniyda Absolute Championship Akhmat 100 jangidan so‘ng ikki soat o‘tib hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi TASS agentligi.

Sportchi 36 yoshli Beslan Isayev bilan uch raundlik jang o‘tkazdi va hakamlar qarori bilan mag‘lubiyatga uchradi.

Jangdan so‘ng Bekzod Nurmatov komaga tushdi va dushanbaga o‘tar kechasi sportchi hayotdan ko‘z yumdi. Sportchining jasadi seshanba kuni Vataniga olib kelinishi lozim.

Bekzod Nurmatov karerasi davomida 13 ta jang o‘tkazib, 11 marotaba g‘alaba qozondi, 2 marta mag‘lub bo‘ldi.