Telegram messenjerida maktab o‘quvchilarining onalari bir-birlariga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabarni ulashishmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga («Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari») muvofiq, IIBB boshlig‘i ushbu audioxabarlarni ariza sifatida ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi. Hozirgi vaqtda dastlabki tergov tekshiruvlari olib borilmoqda, ushbu xabarlarni tarqatuvchi Telegram kanalidagi guruh ishtirokchilari so‘roq qilinmoqdalar.

Tezkor chora ko‘rilishi uchun barcha fuqarolarimizdan huquqbuzarliklar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni 102 raqamiga, yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga yoki hududiy profilaktika inspektoriga, maktab direktoriga xabar qilishlarini so‘raymiz. Ijtimoiy tarmoqlarda, messendjerlarda va guruhlarda shov-shuv ko‘tarib, vahima qilishning keragi yo‘q, deyiladi xabarda.