Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining «Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo‘lida yoshlar huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishning ahamiyati» mavzusidagi 6-seminari nihoyasiga yetdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Kun tartibidagi oxirgi majlisda Komissiya a’zolari anjumanning yakunlovchi hujjati loyihasini muhokama qildilar. Bildirilgan amaliy fikr-mulohazalar asosida loyiha maromiga yetkazildi.

So‘ngra xalqaro anjuman ishtirokchilari yalpi majlisga to‘planishdi. IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi raisi Akmal Saidov IHT Komissiyasi yillik 6-seminarining yakunlovchi hujjatini anjuman ahliga taqdim etdi.

Shu tariqa xalqaro seminarda Islom hamkorlik tashkiloti a’zo mamlakatlarida yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi.