Toshkentda Afg‘oniston fuqarosidan aldov yo‘li bilan olgan 10 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, fuqaro S.T. (1956 y.t. ishsiz) Afg‘oniston fuqarosi (1989 y.t. MCHJ rahbari) N.G.ga Yunusobod tumanida joylashgan «Oloy dehqon bozori» AJ yonida qurilish uchun yer maydoni va Toshkentdan 2 xonali uy olib berishni va’da qilib, undan 10 ming dollarini qo‘lga kiritib, o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan 7 oktyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan fuqaro S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.