6 oktyabr kuni Termizda O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida mamlakat bosh prokurori Nig‘matulla Yuldashev bir ovozdan federatsiyaning yangi raisi etib saylandi.

O‘zAning Kurash federatsiyasiga tayanib xabar qilishicha, saylovda federatsiya raisligiga boshqa nomzod ko‘rsatilmadi va natijada Nig‘matilla Yo‘ldoshev bir ovozdan O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi.

Avval Kurash federatsiyasiga iyunda avzifasidan ozod qilingan sobiq bosh prokuror Otabek Murodov rahbarlik qilgan edi.

Saylov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV xalqaro turnir doirasida bo‘lib o‘tdi.