O‘zbekistonda 2020 yilda «Sultana» tarixiy seriali tasvirga olinadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi. Loyiha MDHdagi yirik kinokompaniyadan biri hisoblangan Star Media tomonidan amalga oshiriladi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Star Media asoschisi va bosh prodyusseri Vladislav Ryashin bilan uchrashuvda teleserialni tasvirga olish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. U O‘zbekistonga sherigi, «Quddus», «Poyga» va «Arvohlar shahri» kabi filmlari bilan tanilgan Fransuz prodyuseri Jan Charlz Levi bilan birga keldi.

Serialning suratga olish jarayoni Samarqand, Buxoro va Xivada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Loyiha ingliz tilida suratga olinadi, unda Gollivud aktyorlari ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, tabiiyki aktyorlar nomi sir tutilmoqda.

Teleserialni tasvirga olish ishlari Samarqand, Buxoro va Xivada bo‘lib o‘tadi. Loyiha ingliz tilida amalga oshirilib, unda Gollivud aktyorlari ishtirok etadi, biroq aktyorlar tarkibi hozircha e’lon qilingani yo‘q. Serial syujeti XVII asrda rivojlanadi. Xabarda qayd etilishicha, serialda bugungi kunda ham dolzarb bo‘lgan geosiyosat, hokimiyat uchun kurash va sevgi-muhabbat mavzulari o‘z aksini topadi. Birinchi mavsumning olti seriyadan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, «Star Media» kelasi yili «Toshkent — non shahri» filmini suratga olishni ham ko‘zda tutmoqda. O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu film orqali Shuhrat Abbosovning shu nomdagi afsonaviy filmini qayta suratga olish emas, balki mutlaqo yangi asar yaratilishi nazarda tutilgan.

«Biz «Sultana» teleserialidan tashqari yana bir «Toshkent — non shahri» filmini Rossiyaning «Birinchi kanal"i bilan hamkorlikda suratga olishni rejalashtirganmiz. Biz mamlakatingizdagi barcha loyihalarni O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan birga amalga oshiramiz» — dedi Vladislav Ryashin.

Shuningdek, u Toshkentda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va «O‘zbekkino» milliy agentligi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Ryashin, 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida film ishlab chiqaruvchi xorijiy kinokompaniyalar xarajatlarining bir qismini qoplaydigan «Rebate» tizimi ishga tushirilayotganligiga e’tiborini qaratdi. Uning fikricha, bu xorijiy kinokompaniyalar e’tiborini O‘zbekistondagi noyob maydonlarda turli janrdagi filmlarni suratga olishga yo‘naltirish uchun yaxshi rag‘bat deb hisoblaydi.

Star Media kinokompaniyasi 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda MDH hududidagi eng yirik kino va televizion kontent yaratuvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning fondi 5000 soatdan ortiq o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarga ega. Kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri — o‘z mahsulotlarini boshqa mamlakatlar bozorlariga izchil tarqatishdir.

Jumladan, 50 dan ortiq chet el davlatlari — Sharqiy va G‘arbiy Yevropa, Yaqin Sharq, Xitoy, Yaponiya, AQSH va Isroil davlatlari «Star Media» mahsulotlariga doimiy haridor hisoblanishadi.