O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 5 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida meksikalik Alexandro Barrerani texnik nokautga uchratdi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

O‘n raundlik jang muddatidan avval tugadi: xivalik bokschi 5-raundda 33 yoshli raqibiga kuchli zarbalar berganidan so‘ng referi jangni to‘xtatish haqida qaror qabul qilib, Madrimovni texnik nokaut bilan g‘alabaga erishganini e’lon qildi. Jangga tayyorgarlik Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi — Madrimov shahar ko‘chalaridan birida mashg‘ulot olib bordi.