Chirchiq dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi harbiy qism va bo‘linmalariga zamonaviy avtomashinalarning kalitlari topshirildi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Tantanali tadbirda Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hotamjon Yusupov ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, harbiy qism va muassasalarga topshirilayotgan yangi texnikalarning barchasi zamon talablarga to‘liq javob beradi. Xususan, u o‘z vaznidan tashqari 700 kg yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega. Yo‘lovchi sig‘imi 5 kishini tashkil etsa, yuk xonasiga 10 nafar harbiy xizmatchini oladi. Mashina 110 ot kuchiga ega bo‘lib, eng yuqori tezligi soatiga 160 km ni tashkil qiladi.