O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti firibgarlik jinoyatlarida gumon qilinayotgan to‘rt nafar Kamerun fuqarosi fotosuratini e’lon qildi.

Departament xabarida qayd etilishicha, jinoyat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Boshqa tafsilotlar oshkor qilinmadi.

Fotosuratlarda keltirib o‘tilgan shaxslarning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar yaqin bo‘lgan ichki ishlar bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga, shuningdek Tergov departamentining (71) 231−30−97, (71) 231−36−22 va (71) 233−65−34 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.