Toshkentning Yunusobod tumanida tez tibbiy yordam shiforiga tan jarohati yetkazgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Shifokor Jahongir X. feldsher bilan birgalikda 29 sentyabr kuni chaqiriq bo‘yicha o‘zini yomon his qilgan Dildora M. huzuriga boradi. Qizga ukol qilib, shifoxonaga olib borishadi.

Qizning 29 yoshli akasi Mirhayot M. ham mast holatda shifoxonaga borib, avvaliga shifokorlarni haqoratlaydi, so‘ngra 27 yoshli Jahongirni uradi.

Mirhayot M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya aniqlik kiritdi IIBB.