Faqatgina mahalliy bug‘doydan tayyorlangan undan qolipli non ishlab chiqarish va sotish 2020-yil 1-iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. Bu O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 30 sentyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab import qilinganda QQSga tortilgan donni qayta ishlash korxonalari QQS bo‘yicha soliqqa tortiladigan aylanmani Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 15-sentyabridan hukumat qolipli non narxini liberallashtirgan edi.