O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 5 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida meksikalik WBC Fecombox chempioni Alexandro Barreraga qarshi ringga ko‘tariladi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Madrahimovning 33 yoshli raqibi Alexandro Barrera (29−5−0, KO) 34 marta jang o‘tkazgan. U yarim o‘rta vaznda Meksika Professional boks federatsiyasining (WBC Fecombox) amaldagi chempioni hisoblanadi.

24 yoshli Isroil Madrimov (3−0−0, KO) uchun bu professional boksdagi uchinchi jangdir. Hozirda u Nyu-Yorkda jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Seshanba kuni bokschi shahardagi ko‘chalardan birida mashg‘ulot o‘tkazdi.

Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 6:00 da boshlanadi, «Sport» telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatadi.

Foto