O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Farg‘ona viloyati hokimining bo‘lg‘usi saylovlar to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hokim va senator Shuhrat G‘aniyevning erkaklarning soqol qo‘yishi, ayollarning esa ro‘ol o‘rashidan norozilik bildirgani jamoatchilikning keskin noroziligini keltirib chiqardi.

U bu hodisaga qarshi kurashishga topshiriq berib, 22 dekabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan saylovda bu borada o‘zini ko‘rsatganlar deputat bo‘lishini ta’kidladi.

MSK ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning shaxsiy fikri bo‘lib, u yuridik asosga ega emasligini ma’lum qildi. “O‘zbekiston Saylov kodeksining 3-moddasiga ko‘ra, saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi”, — deyiladi MSK bayonotida.

“Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar ochiq va oshkora, xalqaro normalarga asoslangan holda o‘tkaziladi”, — deya ta’kidlangan komissiya xabarida saylovlarda munosib nomzodlarni xalq saylashi qo‘shimcha qilindi.