Oktyabrning birinchi kuni O‘zbekiston hududi bo‘ylab g‘arbiy Qozog‘iston mintaqasidan kelgan salqin va nam havo oqimlari ta’siri saqlab qolinadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 1 oktyabr kuni tunda va ertalabki soatlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, Farg‘ona vodiysida kun davomida yog‘ingarchiliklar kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi +8…+13, kunduzi — +18…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Hafta o‘rtasidan so‘ngiga qadar mamlakatning katta qismi bo‘ylab qariyb yog‘ingarchiliksiz ob-havo hukmronlik qiladi, faqatgina 2 oktyabrda Farg‘ona vodiysining ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘adi.

2−5 oktyabr kunlari harorat kechasi +10…+13, kunduzi — +22…+25 daraja atrofida bo‘lib, ushbu davr uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2−4 daraja yuqoriroqni tashkil etadi.

Yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumoti