Andijondagi Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy nodavlat ta’lim muassasasida ovqatdan ommaviy zaharlanish hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 sentyabrda maktabga kelgan o‘quvchilar soni 217 nafarni tashkil etgan. Tushlik paytida 75 nafar o‘quvchi hamda 7 nafar o‘qituvchi ovqatdan zaharlangan.

Soat 19:00 holatiga ko‘ra zaharlanganlardan 12 nafar o‘quvchi viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga, 14 nafar o‘quvchi va 3 nafar o‘qituvchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialiga hamda 49 nafar o‘quvchi va 4 nafar o‘qituvchi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

Hozirda zaharlangan o‘quvchi va o‘qituvchilar shifokor nazoratida bo‘lib, ularning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda.