Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati bo‘yicha Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA.

Farhod Mahmudov endi Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlik qiladi.

Farhod Mahmudov (1973 y. t.) Toshkent davlat universitetini (1996) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jurnalist. 2008 yil «Mehnat shuhrati» ordeni, 2018 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Farhod Mahmudov 1995 yildan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.