O‘zbekiston Adliya vazirligi tadbirkorlarni noqonuniy ravishda homiylik faoliyatiga jalb qilishga qarshi aksiya boshlangani haqida e’lon qildi. U oktyabrda Adliya tadbirkorga do‘st" loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Aksiya doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda hududiy adliya organlari tomonidan respublikaning barcha hududlarida so‘rovlar o‘tkazish, shuningdek tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish, noqonuniy homiylikning barcha ko‘rinishlariga qarshi zarur chora-tadbirlarni ko‘rish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu Aksiya orqali tadbirkorlik sub’ektlarini homiylik va xayriya yordami ko‘rsatish ishlariga majburiy jalb qilish, ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qo‘llash tahdidi ostida yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish holatlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovlar o‘tkaziladi.

Murojaatlarni @tadbirkor_adliyabot Telegram-boti yoki 1008 raqami orqali yuborish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 14 avgustdagi farmoni bilan hokimiyatlarga tadbirkorlik sub’ektlarini majburiy mehnat, homiylik va jamoat tadbirlariga jalb qilish taqiqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241−4-moddasida hamda Jinoyat kodeksi 192−4-moddasida javobgarlik belgilangan.