Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 26-sentyabr kuni sharqshunos olim Andrey Kubatinni oqlash to‘g‘risida hukm chiqardi. U sud zalidan ozod qilindi.

O‘zbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili Ulug‘bek Muhammadiyev sud qarorini olqishladi.

Andrey Kubatin 2017-yilda Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) moddasi bo‘yicha ayblanib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

“Barchaga qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat! Yaqinlarim, qo‘llab-quvvatlashgani, barchasini qilishgani uchun rahmat. Bu kabi islohotlar, odamlar adolatga erishayotgani uchun prezidentimizga rahmat. Adolat uyi bo‘lishi lozimligi haqidagi xalqqa berilgan va’dalarni bajargan sudyalarga rahmat”, — dedi Andrey Kubatin ozodlikka chiqqanidan so‘ng.