O‘zbekistonda Fransiya bilan hamkorlikda Uzenergoengineering-Assystem qo‘shma korxonasi tashkil qilinmoqda, deya xabar qildi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati. Mazkur qo‘shma korxona innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik obyektlarini loyihalash bilan shug‘ullanadi.

Bu haqdagi bitim 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Energetika vazirligida Assystem Engineeringand Operation Services S.A.S. kompaniyasi (Fransiya) vakillari bilan uchrashuvda imzolandi.

Qo‘shma korxona Fransiyaning hamkor kompaniyasi va “O‘zenergoinjiniring” bilan birgalikda tashkil etiladi va u O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat yuritadi.

Uzenergoengineering-Assystem qo‘shma korxonasining faoliyati barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik ob’ektlarini loyihalashda innovatsion texnologiyalar va zamonaviy fan yutuqlariga asoslanadi.

Mart oyida “O‘zatom” agentligi va Assystem qo‘shma injiniring korxonasini ochish imkoniyatlari to‘g‘risida xabar qilingan, ular O‘zbekiston yadro infratuzilmalarini rivojlantirish hamda ushbu soha uchun kadrlar tayyorlash masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan edi.