Sobirjon Mahmudovich Rustamov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Zarnews.uz sayti xabar berdi.

S.Rustamov 1968 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi yuridik shaxslarni soliqqa tortish, tushumini tahlil va nazorat qilish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.