Prezidentning 2019 yil 17 sentyabrdagi farmoni bilan Mehriddin Razzoqovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, M.R.Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, prezidentning 2019 yil 18 sentyabrdagi farmoni bilan Turobov Bahodir To‘xtamishovich O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, B.T.Turobov O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.