Bu hafta O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini 2020−2030 yillarda rivojlantirish strategiyasi loyihasining xalq orasidagi muhokamasi nihoyasiga yetadi. Mazkur hujjat bir qator revolyutsion nizomlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, Strategiya qabul qilinganidan so‘ng ularning amalga oshirilishi mamlakatdagi muhim sohasining ko‘rinishini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Bu hujjatni xalqaro ekspertlar qanday baholashmoqda? Shu savol bilan biz qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodchi, Jahon Bankining Markaziy Osiyodagi qishloq xo‘jalik dasturi koordinatori Sergiy Zoryaga murojaat qildik. Uning fikr mulohazalarini biz quyidagi matnda keltiramiz.

Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati O‘zbekistonning iqtisodiyoti va aholisining farovonligi uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakat yalpi ichki daromadining uchdan bir qismidan ortiqrog‘i qishloq xo‘jaligining hissasiga to‘g‘ri keladi. Sohada 3,5 milliondan ortiq aholi ish bilan band, va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chet elga sotishdan tushgan tushumlar O‘zbekistonning umumiy eksport daromadlarining 25 foizigacha tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasi shu bilan birga butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab qishloqlar va kichik shaharlarning iqtisodiy o‘zagi hisoblanadi, zero u joylarda qishloq xo‘jaligidan tashqari boshqa muqobil daromad manbalari mavjud emas.

O‘zbekiston chet elliklarga o‘zining Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab joylashgan qo‘hna shaharlari bilan, va albatta, o‘z paxtasi va meva-sabzavot mahsulotlari bilan mashhur. Shu sababli qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish mamlakatga kelgusida yanada ko‘proq foyda keltirishi kutilmoqda.

Bir yil avval yangi ishim doirasida Toshkentga endigina ko‘chib o‘tganimda, men qishloq xo‘jaligining katta salohiyati borligini ta’kidlagan edim. Bu haqda mening Jahon Bankidagi hamkasblarim va hukumat vakillari ham gapirishgandi. Biroq yaqin yillar orasida mazkur soha qanday rivojlanishi bo‘yicha strategik konsepsiyaga ega aniq bir rejaning yo‘qligi meni ikkilantirgan edi. Qishloq xo‘jaligini boshqarish uchun, bugungi kundagi bozor sharoitlarida ish bermaydigan, eskirgan usullardan foydalanilayotgani yaqqol ko‘rinib turardi.

Qishloq xo‘jaligini (va har qanday sohani) rivojlantirish uchun aniq rejaning mavjudligi mazkur sohaning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanishi uchun muhim element hisoblanadi. Men buni o‘zimning Jahon Bankidagi o‘n besh yillik, 25 dan ortiq mamlakatda, jumladan so‘nggi besh yilda jadal rivojlanayotgan Sharqiy Osiyo mamlakatlarida orttirgan, tajribamdan kelib chiqib bilardim. Men dunyoning aynan shu qismida, agar mamlakatda aslida mavjud ma’lumotlarga asoslangan uzoq muddatli strategik reja bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi sanoati sohasida ijobiy natijalarni anchagina tez ko‘rish mumkinligiga amin bo‘ldim.

Vetnam, men avval faoliyat yuritish imkoniyatim bo‘lgan mamlakatlardan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligini restrukturizatsiyalash rejasi yordamida faqat ichki bozor va guruch yetishtirishga yo‘naltirilgan natural qishloq xo‘jaligidan bozor va diversifikatsiyalangan va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligiga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunday qilib 2010 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda Vetnamning qishloq xo‘jalik oziq-ovqat mahsulotlari eksporti ikki barobardan ko‘proqqa — 17 dan 40 milliard AQSH dollariga — o‘sdi. Bu natijalarga 6,5 million gektar yer maydonida qishloq xo‘jalik mahsulotlarni yetishtirish tufayli erishildi. Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, qishloq xo‘jalik yer maydonlari qariyb 4 million gektarni tashkil qiladigan O‘zbekistonda 2018 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 2,5 milliard AQSH dollaridan oshmadi.

Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi joriy yilning 13 sentyabrida xalq muhokamasiga qo‘ygan, O‘zbekistonda 2020−2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasi loyihasi, iqtisodiyoti qadimdan qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasining samaradorligiga bog‘liq bo‘lgan mamlakatning mazkur sohasida jiddiy o‘zgarishlarni boshlash uchun real imkoniyatlarni yaratadi.

Mazkur Strategiyani «transformatsion» deb dadil aytish mumkin. Agar bu hujjatni o‘rganib chiqilsa, u mamlakatdagi, vaziyatni tuzatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni talab qilayotgan, qishloq xo‘jaligidagi haqiqiy ahvolni tahlil qilish asosida ishlab chiqilganligi yaqqol ko‘rinadi. Unda sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsad bor, va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sektori va qishloqlarni kelgusidagi 10 yilda rivojlantirish rejasi ko‘zda tutiladi.

Mazkur Strategiyaning eng muhim tomonlaridan biri bu davlatning rolini kamaytirish va sohaning investitsion jozibadorligini oshirish borasida hukumatning aniq ifodalangan maqsadidir. Bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sektorini modernizatsiya va diversifikatsiyasi uchun mamlakatdagi xususiy sektordan keladigan va chet el investitsiyalarini rag‘batlantirishi kerak.

Agar Strategiya hozirgi versiyasida qabul qilinsa davlatning emas balki fermerning manfaatlari axiri birinchi o‘ringa qo‘yiladi.

Strategiya, fermerlar va agrobiznesga qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqishga ko‘maklashuvchi, davlat chora-tadbirlariga e’tibor qaratadi, va, o‘tgan yillarda u haqda ko‘p gapirilgan, sohaning ulkan salohiyatini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mamlakat iqtisodiyotidagi bunday muhim sohadagi islohotlar, shubhasiz, iqtisodiyotni liberallashtirish va O‘zbekistonning millionlagan fuqarolari uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan siyosatni davom ettirishga yordam beradi.

Xalqaro tajribasi va O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi uchun yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashib, Jahon Banki Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro donorlar va hamkorlar bilan birgalikda mazkur Strategiyani ishlab chiqishda ishtirok etdi. Bu ko‘p davlatlarda odatiy amaliyot. Bu kabi hujjatlar ishlab chiqarilayotgan paytda, manfaatdor vazirliklar va boshqarmalar donor tashkilotlarni ushbu hujjatlarning muhokamasida ishtrok etishga undashadi.

Biroq shaxsan menda Qishloq Xo‘jalik Vazirligining Strategiyani ishlab chiqarishdagi professional yondashuvi katta taassurot qoldirdi. Boshqa vazirliklar, boshqarmalar va manfaatdor taraflar bilan bo‘lgan ochiq konsultatsiyalar chog‘ida, vazirlikning mutaxassislari xalqaro tajribani sinchkovlik bilan tahlil qilishdi va uni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirishdi, va bu narsa hujjatdagi nizomlarlarning progressiv tabiatida o‘z aksini topgan.

Strategiyaning xalq orasida muhokamasi tugashiga sanoqli kunlar qoldi, va har bir fuqaroda hali, mamlakatning kelajagi uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan, bu siyosiy hujjat doirasida o‘z fikr va takliflarini aytish imkoniyati bor.

Jahon Banki boshqa xalqaro donor tashkilotlar va hamkorlar bilan birgalikda mamlakat qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni amalga oshirishda hukumatga moliyaviy va texnik yordam berishni davom ettiradi. Biz, sohaning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish, bu yerda minglagan yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish va qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan, mazkur Strategiyaning ma’qullanishi va tadbiq qilinishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz.