2019 yilning 22 sentyabr kuni soat 13 dan 12 daqiqa o‘tganda Toshkent viloyati Qibray tumani Salar shaharchasi Tinchlik mahallasida joylashgan Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli hududda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Yong‘inni bartaraf etishga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linma voqea joyiga 12 daqiqada yetib borganda, ochiq maydonda quruq o‘t yonayotgani ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartarf etilib, alanga maydoni kengayishi oldi olingan. Yong‘in oqibatida 60 kv.metr maydonda quruq o‘t yongan.

Ayanchlisi, yong‘inni bartaraf etish vaqtida 1944 y.t. fuqaro B.A.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.