O‘zbekiston hukumati 2022 yilda Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyalashtirish tartiblari belgilandi, deb yozmoqda Norma.uz. Sammitda ishtirok etish uchun 20 dan ziyod davlatlar rahbarlari tashrif buyuradi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2017 yilda tashkil etilgan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 25 mln dollar ajratdi. Kredit muddati 5 yil bo‘lib, uning 2 yili 2 foizlik imtiyozli davrdan iborat.

Olingan mablag‘lar hisobidan shahar ko‘cha va yo‘llari holatini yaxshilash, shuningdek, SHHT sammitini o‘tkazish uchun davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash rejalashtirilmoqda.