Bugun, 22 sentyabr kuni Toshkentda Yevropa harakatlanish haftasi doirasida ilk bor Avtomobilsiz kun o‘tkazilmoqda.

23:00 ga qadar Uchtepa tumanidagi Lutfiy (Farhod ko‘chasidan Shiringacha) va Shirin (Lutfiy ko‘chasidan Katta Hirmontepagacha) ko‘chalari uchastkalari (xarita) shaxsiy avtotransport (avtobuslar uchun emas) yopiq bo‘ladi.

Aholi «Biz bilan yur!» shiori ostida piyoda yurish, velosipedda uchish, turli tadbirlarda ishtirok etish taklif qilinmoqda. Quyidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda:

  • professional velosipedchilar chiqishlari va musobaqalari;
  • velosipedlarni ta’mirlash bo‘yicha master-klass;
  • rollerlar, ko‘cha musiqachilari, illyuziyachilar chiqishlari;
  • asfaltga rasm chizish tanlovi;
  • raqs fleshmoblari;
  • animatorlar chiqishlari.

Avtomobilsiz kun «Seul» bog‘idagi konsert bilan yakunlanadi (18:00 dan 20:00 gacha).

Yevropa harakatlanish haftasi bu yil 18-marta o‘tkazilmoqda, unda 50 davlatdan qariyb 3000 ta shahar qatnashmoqda. Hafta doirasidagi tadbirlar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ilgari surish, harakatlanishning xilma xil usullarini ommalashtirish orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

19 sentyabr kuni poytaxtda Bepul metro kuni o‘tkazildi, unda yo‘lovchilarga konsertlar, artistlar chiqishlari va ko‘rgazmalar tashkil etildi.