Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun final janglari o‘tkazilmoqda.

-52 kg vaznda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rio olimpiadasi g‘olibi Shahobiddin Zoirov ilk oltin medal egasiga aylandi. U finalda hindistonlik Amitga qarshi bahs olib bordi. Hakamlar bir ovozdan Zoirovni g‘olib deb topdilar.

Shuningdek bugun yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi final jangini o‘tkazadi.