Xabar berganimizdek, bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

-57 kg vaznda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mirazizbek Mirzaxalilov sal oldin chempion bo‘lgan Shahobiddin Zoirovdan keyin ikkinchi oltin medal egasiga aylandi. Mirazizbek final bahsida kubalik Estradaga qarshi bahs olib bordi.

Ikkinchi raundda bokschilarning boshi to‘qnashib ketdi. Shifokorlar jangni to‘xtatish kerakligini bildirdi va shu paytgacha jamlangan ochkolar hisoblandi. Hakamlar Mirzaxalilovni ustun ekanini e’tirof etdilar.