Xabar berganimizdek, bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

-81 kg vaznda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Ro‘zmetov musobaqaning kumush medali egasiga aylandi. Dilshod finalda qozog‘istonlik Bekzad Nurdauletovga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi.