Prezidentning 19 sentyabrdagi farmoni bilan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha kirish vizalari toifalarini joriy etish ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ro‘yxatda mavjud bo‘lgan «Vatandosh», «Student visa», «Academic visa», «Medical visa», «Piligrim visa» lar qatoriga endi «Investment visa» ham qo‘shiladi.

«Investment visa» — O‘zbekiston iqtisodiyotiga belgilangan BHMning 8500 baravari miqdorida (1,723 mlrd so‘m, yoki joriy kurs bo‘yicha 183,1 ming dollar) investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi.

Ushbu vizaning amal kilish muddati uch yil.