O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 21−29 sentabr kunlari AQSHga tashrif buyuradi, deya xabar qildi tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida, jumladan E’tiqod erkinligini himoya qilish Global chaqiruvi taqdimotiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbirda, Iqlim ta’sirlari bo‘yicha BMT Sammitida, «Markaziy Osiyo — AQSH» («C5+1») shaklida va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining (OHICHK) vazirlar uchrashuvlarida ishtirok etadi

Bundan tashqari, Abdulaziz Kamilov Nyu-Yorkda xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Tashrif dasturida Vashingtonda AQSH rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston-AQSH kun tartibi masalalarini muhokama qilish ham ko‘zda tutilgan.