«Yandeks.Xaritalar» shahar avtobuslarining Toshkentdagi harakatini ko‘rsata boshlashdi, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. Shunday qilib, endilikda kerakli transport qayerda harakatlanayotganini va qancha vaqtdan so‘ng kelishini bilish oson.

Avtobuslarining harakatini kuzatish uchun, transportni namoyish qilishni yoqishingiz kerak — buni mobil ilova va Xaritalar veb-versiyasida qilish mumkin. Android uchun ilovaning so‘nggi versiyasi o‘zbek tilini qo‘llaydi — u telefonda o‘zbek tili tanlanganida paydo bo‘ladi. Yaqinda bunday imkoniyat iOSda ham bo‘ladi. Veb-versiyada til pastki o‘ng qismida o‘zgartiriladi.

«Biz uchun, O‘zbekiston aholisiga «Yandex.Xaritalar»dan foydalanish qulay bo‘lishi muhim. Shuning uchun biz xizmatni butunlay o‘zbek tiliga o‘girdik va xaritaga harakatlanuvchan transportni qo‘shdik. Avtobuslarining qayerda harakatlanayotganini aniqlashdagi ma’lumotlarni olishda, bizga Toshkent hokimiyati va «Toshshahartransxizmat» yordam berishadi», — deydi «Yandeks»ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov.

Hozirda «Yandeks» Toshkentdagi deyarli barcha davlat avtobuslarini ko‘rsatmoqda. Ilovada ular maxsus belgilar bilan belgilangan. Xaritada siz, avtobusning real vaqtdagi turgan joyini ko‘rishingiz mumkin, agarda bekat belgisini bossangiz — u necha daqiqadan so‘ng kelishini ko‘rishingiz mumkin. Ma’lumot har 30 soniyada yangilanib turadi, biroq bashorat qilish algoritmi tufayli belgilar ohista siljiydi.

Bekat belgisiga bosishda «Yandex.Xaritalar», undan o‘tuvchi barcha transport raqamlari ro‘yhatini ko‘rsatadi. Ilovadan foydalanib, siz kerakli nuqtagacha yo‘lni davom ettirishingiz mumkin bo‘ladi. Bu notanish hududdan qanday chiqib ketish, yoki shaharning boshqa chekkasidagi bozorga qanday borishni aniqlash uchun as qotadi.

«Toshkent „Yandex.Xaritalar“ transport harakatlanishining real vaqtda ko‘rsatadigan O‘zbekistondagi birinchi shahar bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab bunday shaharlar 90 tadan oshiq — Rossiyada, Belorusiya, Qozog‘iston, Yevropa va Amerikaning boshqa davlatlarida», — deyiladi xabarda.

Qayd etish joizki, Toshkentda GPS ma’lumotlari asosida avtobuslar harakatini mahalliy 3TM va MyBus ilovalari orqali ham kuzatish mumkin.