O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 17 sentyabr kuni Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish to‘g‘risidagi to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Hujjatda xabar qilinishicha, o‘tgan yilning to‘rtinchi choragi va joriy yilning birinchi choragida «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi tuzilmasidagi Toshkent avtobus saroylarida 38,715 mlrd so‘m, «Toshkent metropoliteni»da esa butun 2018 yil davomida va 2019 yilning birinchi choragida 9,011 mlrd so‘m miqdorida qarzdorlik hosil bo‘lgan.

Qarorda Moliya vazirligi va hokimiyatga «Toshshahartransxizmat» avtosaroylari zararlarini respublika va poytaxt byudjetining qo‘shimcha manbalari, metropoliten qarzlarini esa respublika byudjetining daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplash topshirildi. Ushbu qarzlar «O‘zbekneftgaz» tashkilotlari tomonidan yetkazib berilgan dizel yoqilg‘isi hamda sarflanilgan elektr energiyasi ortidan vujudga kelgan.

Hukumatga ikki oy muddatda «Toshshahartransxizmat» va poytaxt metroni moliyaviy sog‘lomlashtirish va zararlar miqdorini minimallashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish topshirildi.

Yakshanba kuni «Ko dnu» Telegram-kanali jamoat transporti GPS-monitoringi natijalariga asoslanib ko‘p sonli avtobuslar yo‘nalishlarga chiqmagani, hatto markaziy va asosiy yo‘nalishlarda avtobuslar orasida uzoq tanaffuslar kuzatilganini xabar qildi.

Xuddi shu kuni kechqurun «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati turli sabablarga ko‘ra aksariyat trnasport mashrutlari qisqartirilgan jadval asosida ishlaganini tan oldi.