Xakimov Raxim Rasuljonovich prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi.Foto: Adliya vazirligi.

U avgust oxirida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlangan Yesemurat Kanyazov o‘rnini egalladi.

Rahim Hakimov (1983 y. t.) -Namangan davlat universiteti (2003), Toshkent davlat yuridik institutini (2005) tamomlagan. Tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.

Abdusattorov To‘lqin Sayfullayevich adliya vazirining o‘rinbosari — Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.

To‘lqin Abdusattorov (1978 y. t.) — Samarqand davlat universiteti (1999), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (2003) va O‘zbekiston milliy universitetini (2007) tamomlagan. Mart oyidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.