O‘zbekiston prezidentining 17 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Ulug‘bek Ahmadovich A’zamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Ulug‘bek A’zamov (1981 y. t.) — 2002 yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universitetini «Xalqaro turizm menejmenti va mehmondo‘stlik» yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Tayinlovga qadar u O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.