Hukumatning 2019 yil 17 sentyabrdagi qarori bilan Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biridir.