O‘zbekistonli mashhur MMAchi Mahmud Murodov UFC promousheni bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Biroz avval uning UFC’dagi debyut jangi sanasi, manzili hamda raqibi ma’lum bo‘ldi. Murodov 28 sentyabr kuni Daniya poytaxti Kopengagen shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 160 turnirida debyut qiladi, deyiladi Olamsport xabarida.

Mahmud «Royal Arena»da o‘tadigan UFC oqshomida italiyalik Alessio Di Kirikoga qarshi oktagonga chiqadi. 12 dekabr kuni 30 yoshga to‘ladigan Alessio faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazgan. Hisobida 12 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bor. Beshta jangda raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.

Aslida Kiriko UFC Fight Night 160 turnirida Piter Sobottaga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Lekin Piter jarohat olgani sababli Kirikoning raqibi o‘zgardi. Hamyurtimiz bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanadi degan umiddamiz.