BMTning O‘zbekistondagi jamoasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma dasturni ishlab chiqdi, deya xabar qildi YUNISEF vakolatxonasi «Gazeta.uz»ga.

Dastur 17 sentyabr kuni Toshkentda taqdim etildi, tadbirda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Frezer ishtirok etdi.

Dastur asosan nogironligi bo‘lgan odamlar uchun institutsional islohotlarni hamda sinov dasturlari amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Umuman olganda, ijtimoiy himoya tizimi ijtimoiy ta’minot, jumladan nafaqa va ijtimoiy sug‘urtalash, bolalar va kattalar uchun ijtimoiy xizmatlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy xizmatlar va ishlar tizimidan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik tashkil etish haqidagi xabarlar may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Endilikda esa 2022 yilda yilda mamlakatda har bir aholining ehtiyojlariga mos samarali ijtimoiy himoya uchun yetarlicha resurslari bo‘lgan yagona mahkama tashkil etilishi ma’lum bo‘ldi. Bir yil avval, 2021 yilgacha 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibiga asoslangan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari Jamg‘armasining moliyaviy ko‘magini olish to‘g‘risidagi arizasi tasdiqlangan 24 davlatdan biriga aylandi. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish jarayonini tezlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Hozirda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya qilish vazifasi bir qancha vazirlik va idoralar o‘rtasida taqsimlangan. Mamlakat YAIMning 8−9 foizga yaqinini ijtimoiy himoyaga sarflayotgan bo‘lishiga qaramasdan, so‘nggi yillarda ijtimoiy himoya tizimida bo‘shliq ortmoqda, deya qayd edi YUNISEF.

«Aksariyat nogironligi bo‘lgan shaxslar munosib ijtimoiy himoyaga ega emas. Ijtimoiy nafaqalar miqdori keskin qisqardi, bir vaqtning o‘zida bolali zaif oilalar o‘rtasida qamrab olish darajasi 25 foizgacha tushdi. Ehtiyojmandlarning faqatgina 10 foizi ijtimoiy nafaqalar va mehnat bozoridagi faol dasturlardan foydalana oladi, pensiya yoshidagi shaxslarning 30 foizi ijtimoiy sug‘urtalash dasturlariga jalb qilinmagan», — deyiladi xabarda.