Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha -84 kg vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan Mahmud Murodov (22−6, 14 KO) mazkur sport turining eng nufuzli yo‘nalishi sanalgan UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Mahmud Murodov bu orqali nufuzli turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov shu kunga qadar Chexiyaning XFN, undan keyin esa OKTAGON MMA turnirlarida ishtirok etib kelgan. So‘nggi marta u braziliyalik Vendell Oliveyrani (31−13, 16 KO) mag‘lubiyatga uchratgandi.