Samarqandda seshanba kuni osma yo‘l loyihasi taqdim etildi. Taqdimot fotosurati Zarnews.uz saytida e’lon qilindi.

Fotosuratda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, osma yo‘l uzunligi 5,5 kilometrdan ziyodroqni tashkil etib, u biri Samarqand markazida joylashgan uchta stansiyani o‘z ichiga oladi.

Foto: Baxtiyor Mustanov / Zarnews.uz.

Osma yo‘l butun shahar bo‘ylab o‘tadigan va yo‘lovchilar havodan turib qadimiy Afrosiyob shaharchasi hamda asosiy tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Loyiha osma yo‘llar qurilishi sohasida dunyoning eng yetakchi hisoblangan Italiyaning Leitner Ropeways kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

Yozda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda shaharni yangi sayyohlik markazi qurilishi rejalashtirilayotgan eshkak eshish kanali bilan bog‘laydigan osma metro qurishga topshiriq bergan edi.