Nodir Xojamkulovich Murotov jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti bu haqdagi farmonni imzoladi, deya xabar qildi Sport vazirligi matbuot xizmati. Ushbu lavozim shu vaqtga qadar vakant bo‘lib qolayotgan edi.

Nodir Murotov — Guliston davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Boyovut tumanidagi «Murod» fermer xo‘jaligidan boshlagan, Respublika ta’lim markazi va Xalq ta’limi vazirligida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 2019 yilda Moliya vazirligi davlat xaridlari boshqarmasi rahbari hamda vazirlik huzuridagi Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.