Olimpiada-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev 13 sentyabr kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilgan boks shousi doirasida kolumbiyalik Uilner Sotoni texnik nokautga uchratdi.

Yarim yengil vaznda WBA tituli uchun majburiy nomzod Murodjon Ahmadaliyev (7−0, 6 KO) birinchi yarim yengil vaznda WBA va IBF chempioni Deniel Romanga (27−2−1, 10 KO) qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi, biroq u chempionlik uchun jangga bir necha kun qolganda jarohat oldi.

Murodjon Ahmadaliyev va Uilner Soto vazn tortish marosimida.

Namangan viloyatidan chiqqan sportchi to‘rtinchi raundda Uilner Sotoga (22−7, 12 KO) ketma-ket zarbalar yo‘llaganidan so‘ng hakam bellashuvni to‘xtatishga qaror berib, o‘zbekistonlikni texnik nokaut orqali g‘alabaga erishganini e’lon qildi.

«Men jang qilish uchun tug‘ilganman, — dedi Murodjon Ahmadaliyev. — Men bugun, ertaga va dunyoning har bir yerida jang qilishga har doim tayyorman».

Video