Toshkent IIBB xodimlari 22 yoshi qashqadaryolikka hujum qilgan gumondorlarni qo‘lga oldi, deya xabar qildi boshqarma matbout xizmati.

Hodisa 12 dan 13 sentyabrga o‘tar kechasi Chilonzor tumanidagi «Do‘stlik» dehqon bozorida sodir bo‘ldi. Uch nafar noma’lum shaxs soxta to‘pponcha bilan tahdid qilgan holda dabrlanuvchidan 6 ming Rossiya rubli va qo‘l telefonini olib, hodisa joyidan yashiringan.

Qo‘lga olingan Toshkent viloyatining Keles shahrida vaqtincha yashovchi Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan 18 yoshli Sardor S., Sirdaryo viloyatidan 18 yoshli Jasur B. va Samarqand viloyatidan 16 yoshli Shaxzod U. bo‘lib chiqdi.

Chilonzor tuman IIO FMB ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-modda (bosqinchilik) 2-qism «a» va «b» bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.